В Ташкентской области избран новый председатель федерации гимнастики

Joriy filning 19-mart kuni Toshkent viloyati sport boshqarmasida gimnastika sport turi boʻyicha rayosat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
✅Ushbu yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Sport Vaziri oʻrinbosari D.Raximova, viloyati sport boshqarmasi boshligʻi R. Bobokulov Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi xodimi R.Doʻstinbetov, viloyati Adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlari shoʻbasi boshligʻi A.Rahmatullayev, viloyat sport boshqarmasi xodimlari, sport taʼlim muassasalari rahbarlari hamda sportning gimnastika turi boʻyicha murabbiylari ishtirok etishdi.
✳️Yigʻilish boshida R. Bobokulov soʻzga chiqib gimnastika sport turini yangi bosqichga olib chiqish va rivojlantirish, yangi trenerlarni sport maktablariga jalb qilish, natijadorlikni oshirish va bu orqali professional sportchilarni tayyorlash boʻyicha toʻxtalib oʻtdi.
❇️Shungdek yigʻilishda Toshkent viloyati gimnastika federatsiyasi raisi lavozimiga, viloyat gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Shuxrat Raxmatillayev hamda ijrochi direktor lavozimiga Bekobod shahar sport maktabi badiiy gimnastika treneri Nazokat Serajiddinova nomzodi ilgari surildi.
❇️Yigʻilish qatnashchilari tomonidan Sh. Raxmatittayev va N. Serajiddinova nomzodlari bir ovozdan maʼqullandi va Sh. Raxmatittayev viloyati gimnastika federatsiyasi raisi, N. Serajiddinova ijrochi direktori etib saylandi.