Сегодня Вице-президент Федерации Гимнастики Узбекистана Гёзаль Муминова посетила Каракалпакстан.

Unda dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibaev bilan uchrashib, Mamlakatimizda bugungi kunda sport turiga qaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarimizni hali sportga qamrab olish maqsadida bir qancha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining majlislar zalida Respublikamizning barcha shahar va tumanlari sport maktablarida Gimnastika sport turidan murabbiylari bilan uchrashib, sportchilarimizni yanada qamrab olish va yanada yuqori natijalarga erishish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida suhbatlashdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-449-sonli qaroriga asosan Nukus shahri "Temir yo‘l" MFYdagi yangi qurilayotgan Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib, u yerdagi olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.