Namanganda Trampolin bo‘yicha Viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi!
2025-yil 8-aprel kuni Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining gimnastika zalida trampolin sport turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Namangan viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada jami 40 nafar iqtidorli sportchilar ishtirok etdi. Har bir ishtirokchi o‘zining mahoratini namoyon etib, havodagi sakrashlar orqali tomoshabinlarga haqiqiy sport tomoshasini taqdim etdi. Quyida musobaqa natijalari bilan tanishing:
13–14 yosh qizlar – Batutda yakkalik sakrash:
🥇 Abdurashidova Shukrona
🥈 Valijonova Yasmina
🥉 Kamiljonova Zebo
13–14 yosh o‘g‘il bolalar – Batutda yakkalik sakrash:
🥇 Muxammadiyev Sardor
🥈 Xamidxanov Mirziyo
🥉 Pulatov Kamron
15–16 yosh o‘g‘il bolalar – Batutda yakkalik sakrash:
🥇 Ibragimov Firdavs
🥈 Mamatusubov Erkinbek
🥉 Lim Konstantin
17 yosh va undan katta o‘g‘il bolalar – Batutda yakkalik sakrash:
🥇 Yo‘ldashev Muxammaddiyor
🥈 Toxirxanov Nodirbek
🥉 Mirzaakramov Mirabbos
17 yosh va undan katta qizlar – Batutda yakkalik sakrash:
🥇 Axmedova Lola
🥈 Sobirjonova Nozanin
🥉 Soyibboyeva Nodira
13–14 yosh o‘g‘il bolalar – Akrobatik yo‘lakchada sakrash:
🥇 Shodiyev Serdar
🥈 Yo‘ldashev Husan
🥉 Xaydarov Diyorbek
15–16 yosh o‘g‘il bolalar – Akrobatik yo‘lakchada sakrash:
🥇 Maxmudov Abror
🥈 Musaxanov Fozilxon
🥉 Yakubjano Boburshox
17+ yosh o‘g‘il bolalar – Akrobatik yo‘lakchada sakrash:
🥇 Majidov Abdulmutalib
🥈 Olimjanov Umidjon
🥉 Muhammadaliyev Muhammadali
Ushbu musobaqa yosh sportchilar uchun o‘z salohiyatini namoyon etish, tajriba orttirish va kelajakda yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda muhim bosqich bo‘ldi.
G‘alaba qozongan sportchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz! Yangi yutuqlar, yorqin marralar sari dadil olg‘a, aziz yoshlar!